Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U fuqarodan 200 mln so‘m olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida noqoquniy yo‘llar bilan AQShga yuborish evaziga pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B. Zarbdor tumanidan bo‘lgan A.A.ni go‘yoki Meksika orqali AQShga ishga jo‘natish bahonasida aldagani aniqlangan. U fuqarodan jami 200 million so‘m (shu jumladan 11,2 ming dollar va 50 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qator hududlarda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda 5 kishiga Germaniya vizasi olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangan edi.
Mavzuga oid

11:54
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025