Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Texnologiya uy hayvonini qachon och qolgani, noqulaylik his qilayotgani yoki e’tiborni xohlashini tushunishga yordam berishi ta’kidlanmoqda.

Foto: Shutterstock
Xitoyning Baidu kompaniyasi hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giradigan sun’iy intellekt tarjimoni ustida ish boshladi.
Texnologiyaning patenti South China Morning Post jurnalistlari tomonidan topildi va tavsifga ko‘ra, tizim tovush signallari, tana tili va hayvonlardagi biologik o‘zgarishlarni talqin qilish uchun mashinadan foydalanadi.
Texnologiya hali doktor Dulittl uslubidagi muloqotni da’vo qilmaydi, lekin uy hayvonini qachon och qolgani, noqulaylik his qilayotgani yoki e’tiborni xohlashini tushunishga yordam beradi. Tarjima turli omillarga asoslanadi – ovozning ohangidan tortib tana holati va xulq-atvoridagi o‘zgarishlargacha.
Bu hayvonlar uchun tarjimon yaratish bo‘yicha birinchi urinish emas. Masalan, Yaponiyaning itlar ovozini talqin qiluvchi qurilmasi Time nashri tomonidan 2002 yilning eng yaxshi ixtirolaridan biri deb topilgan.
Biroq, hozirgacha bunday loyihalar mukammal darajaga yetolmadi. Agar Baidu o‘z loyihasida muvaffaqiyat qozonsa, bu uy hayvonlari egalari uchun haqiqiy yutuq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

23:35 / 20.05.2025