Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda, deya xabar berdi Reuters agentligi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Chernishenkoga tayanib.

Foto: Ramon Espinosa/AP/picture alliance
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 milliard dollardan (888 million yevro) ortiq sarmoya kiritmoqda. Bu haqda 8 may, payshanba kuni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenkoga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Kuba iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalarga subsidiyalar ajratadi va uni «ishonchli hamkor» deb atadi. To‘lov shartlari ko‘rsatilmagan.
2023 yil noyabr oyida Rossiya va Kuba o‘rtasida 2030 yilgacha bo‘lgan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolandi. Shundan so‘ng Chernishenkoning idorasi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, savdo va sarmoyani rag‘batlantirish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash nazarda tutilganini aniqlashtirdi.
«Ushbu reja doirasida Rossiya kompaniyalari va ishbilarmonlari o‘z xohish-istaklarini bildirdilar va Kuba iqtisodiyotiga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari. - Oldinda hali juda ko‘p mashaqqatli ishlar bor, biz asta-sekin olg‘a siljib boramiz», - dedi Chernishenko.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025