Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Ukraina ittifoqchi davlatlarining to‘rt nafar yetakchisi Kiyevga yetib keldi.

Foto: AP
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Polsha bosh vaziri Donald Tusk poyezdda Ukraina poytaxtiga yetib keldi va ularni temir yo‘l vokzalida katta Ukraina delegatsiyasi kutib oldi.
Kiyevda koalitsiya vakillari prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishni va Moskvani 30 kunlik so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirishni rejalashtirgan.
Yevropaning to‘rt nafar yetakchisi keng ko‘lamli agressiya boshlanganidan beri birinchi marta Kiyevga bir vaqtning o‘zida tashrif buyurmoqda, deb xabar berdi AFP.
Mavzuga oid

01:06
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

11:57 / 19.06.2025
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:55 / 19.06.2025