Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoqilg‘i shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan yana bir fuqaro ham vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Marhumlar shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.

Foto: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 3 kishiga yetdi. Milliy telekanalida xabar berilishicha, shifoxonaga yotqizilgan yana bir kishi 9 may kuni vafot etgan.
«Holat 7 may kuni 15:06 atrofida Qo‘shtepa mahallasida joylashgan AYoQSh hovlisida sodir bo‘lgan. Hajmi 10 kub metr bo‘lgan 2 dona yoqilg‘i saqlovchi sig‘imda (solyarka) «ZIL» avtomashinasiga yoqilg‘i quyish vaqtida chaqnash yuz bergan.
Oqibatda jami 3 kishi vafot etgan. Ular shoxobcha rahbari, operatori va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan», deyiladi xabarda.
Viloyat IIB matbuot kotibi Hamidullo Sag‘dullayevning ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JCh saralashi: Angliyada yuz foizlik ko‘rsatkich, Albaniya va Serbiya bahsida yana mojaro
Sport | 11:55
-
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:21
-
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 09:22
-
Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
O‘zbekiston | 09:08
Mavzuga oid

18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor

00:27 / 01.05.2025
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi

19:43 / 25.03.2025
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi

05:29 / 11.03.2025