Fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan fuqarolarni AQShga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan mahalliy hamda xorijiy fuqarolarning harakatlari bartaraf etildi.

Foto: DXX
DXX tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila a’zolarini har birini 30 ming AQSh dollaridan, jami 150 ming AQSh dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQShga ishlash uchun yuborishini aytgan. So‘ngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Navbatdagi holatda, poytaxtda vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan xorijiy fuqaro boshqa chet et fuqarosining ishonchiga kirib, unga Buyuk Britaniya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlatib berish imkoniyati borligini aytgan. So‘ngra, mazkur soxta pasportlar yordamida AQShga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali ularni jo‘natib yuborishi evaziga jami 25 ming AQSh dollari talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro oldindan 12 500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan qalbaki pasport va ID-kartalar ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Har ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23 / 23.05.2025