Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
Uchrashuvda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 16 may kuni AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ta’lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilingan.
Silicon Slopes texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o‘rnatishga katta qiziqish bildirilgan.
«Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildik.
Ishonchim komilki, bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23 / 23.05.2025