O‘zbekiston | 10:10 / 21.05.2025
1204
1 daqiqa o‘qiladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Arxiv foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;
🔹 yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish.

Farmonga ko‘ra, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatni tashkil etiladi. 

Shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Mavzuga oid