Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
G7 sammitida Ukraina moliya vaziri Ukraina armiyasini Yevropa mudofaa tizimiga integratsiya qilish va uni Yevropa Ittifoqi davlatlarining NATO oldidagi majburiyatlarida nazarda tutilgan mudofaa xarajatlari hisobidan moliyalashni taklif qildi.

Foto: Kin Cheung/AP/picture alliance
Kanadada bo‘lib o‘tgan «Katta yettilik» mamlakatlari moliyaviy blokining sammitida Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko 2026 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif qildi. Bu haqda Marchenkoning o‘zi Facebookʼdagi sahifasida yozgan.
Kiyev Ukraina qurolli kuchlarini Yevropa mudofaa tizimiga birlashtirishni taklif qilmoqda, dedi ukrainalik vazir. Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainaga, xususan, 2026 yilda va undan keyin moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi. YeI o‘zini Rossiyaning potensial agressiyasidan himoya qila oladi, «chunki Ukraina armiyasi buning uchun barcha zarur tajribaga ega», dedi Marchenko.
«Ukraina qurolli kuchlarini Yevropada xavfsizlik bilan ta’minlash xarajatlari YeI yalpi ichki mahsulotining kichik qismini tashkil qiladi. Bu tashabbusga qo‘shilishga tayyor davlatlar o‘rtasida taqsimlanishi va ushbu davlatlarning NATO oldidagi majburiyatlariga muvofiq mudofaa xarajatlari hisobiga kiritilishi mumkin», deb hisoblaydi Ukraina Moliya vazirligi rahbari.
Shuningdek, Marchenko hamkorlardan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishi haqida «aniq signallar» olganini yozgan.
Mavzuga oid

18:40
Dronlar hujumi natijasida Rossiya qancha yo‘qotmoqda va bu Ukrainaning o‘ziga qanchaga tushmoqda?

11:31
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi

09:14
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi

07:21