O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
O‘zbekistonda bolalar turizmini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur boshlandi.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu dastur doirasida har yili 1 million maktab o‘quvchisi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin bo‘ladi. Dasturning asosiy maqsadi maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini qiziqarli va foydali tashkil etishdir.
Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi "Barkamol avlod" markazlarida kamida 100 o‘rinli "Bolalar sayyohlik bazasi" tashkil qilinadi.
Shuningdek, "Barkamol avlod" maktablari, "Yoshlik" sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Ular ta’mirlanib, zamonaviy yo‘nalishlarga mos jihozlanadi, xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
Mavzuga oid

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

17:23 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

14:18 / 15.05.2025