O‘zbekiston | 20:12 / 26.05.2025
9644
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi

Adliya katta maslahatchisi Boburmirzo Oblaqulov Navoiy shahri prokurori etib tayinlandi.

Foto: Samarqand shahar hokimligi

Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i bilan Adliya katta maslahatchisi Boburmirzo Oblaqulov Navoiy shahri prokurori etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritgan. O‘tgan hafta u boshqa ishga o‘tgani sabab lavozimdan ozod etilgan edi. Narpay tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Normatov uning o‘rniga Samarqand shahri prokurori etib tayinlangan.

Boburmirzo Oblaqulov 1972 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yil Samarqand shahar 31-umumta’lim maktabini tamomlagan, 1991−1995 yillarda Samarqand davlat universitetida o‘qigan, mutaxassisligi huquqshunos.

Samarqand shahri prokurorligidan oldin u Bosh prokuratura, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan. Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan. 2019—2022 yillar davomida Samarqand shahri hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid