Vetnamda mast erkak 200 yillik imperator taxtini sindirib qo‘ydi
Artefakt mamlakatni boshqargan so‘nggi imperator sulolasiga tegishli. Qonunbuzar qo‘lga olingan va psixiatriya ekspertizasiga yuborilgan.

Foto: iStockphoto/Getty Images/File
Vetnamda mast erkak 200 yillik impetaror taxtining tirsakqo‘ygichini sindirib qo‘ydi, deb yozmoqda CNN. Artefakt milliy boylik sifatida e’tirof etilgan, qonunbuzar esa qo‘lga olinib, psixiatriya ekspertizasiga yuborilgan.
Qayd etilishicha, taxt Vetnamning so‘nggi imperatorlar sulolasi — Nguyen boshqaruv davriga tegishli. Sulola 1802 yildan 1945 yilga qadar hukmronlik qilgan vaqtida Xyue shahri Vetnam poytaxti bo‘lgan. Uning hududidagi yodgorliklar (saroylar, maqbaralar va hokazo) YuNESKOning Jahon merosi obektlari hisoblanadi.
Shikast yetkazilgan taxt Xyuening eng muhim binosida — Txay Xoa saroyida joylashgan. Bu yer imperator saroyi vazifasini o‘tagan va marosimlar ham aynan mazkur saroyda tashkil etilgan. Qonunbuzar saroyning yopiq hududiga 24 may kuni tushdan keyin kirgan va taxtga o‘tirib, tushunarsiz baqira boshlagan, oxir-oqibat qimmatbaho artefaktni sindirib qo‘ygan.
Davlat yangiliklari saytiga ko‘ra, mamlakatdagi yodgorliklar majmuasi hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda, «ayniqsa artefaktlar va milliy xazinalarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilyapti».
Mavzuga oid

16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi

18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi

18:10 / 20.02.2025