Jahon | 17:57 / 26.05.2025
3403
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

Taxminan 10 ta Xitoy kemasi doimiy ravishda Tayvan yaqiniga joylashtirilgan. Portlarning yaqinligi hisobga olinadigan bo‘lsa, Pekin «bir necha soat ichida qamalni boshlab yuborishi mumkin».

Foto: Financial Times

Xitoy havo va jangovar operatsiyalar yordamida Tayvanga qo‘qqisdan hujum qilish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini oshirdi. Bu haqda Tayvan va AQSh amaldorlariga tayanib Financial Times xabar berdi.

Tayvandagi yuqori martabali harbiy amaldorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Harbiy-havo kuchlari va raketa bo‘linmalari shu darajada takomillashtirilganki, «istalgan vaqtda tinchlik davridan harbiy amaliyotlarga o‘tishi mumkin».

Tayvan Mudofaa vazirligining boshqa vakillariga ko‘ra, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi operatsiyalari Tayvanga ehtimoliy hujumda foydalaniladigan portlar yaqinida desantchilarni uzluksiz tayyorlash, armiya aviatsiyasi bo‘linmalarini doimiy shay holatda ushlab turish va 300 kilometr uzoqlikdagi nishonlarni ishg‘ol qilishga qodir PCH-191 reaktiv zalp o‘t ochish tizimlarini joylashtirishni o‘z ichiga oladi.

Tayvan Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Xitoy harbiy samolyotlari havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonalariga oyiga 245 martadan ortiq kirmoqda. Besh yil oldin bunday ko‘rsatkich oyiga 10 tadan kam bo‘lgan.

«Buning o‘ziyoq Tayvanga nisbatan havo makonida bosim va keskinlikning oshib borayotganiga yaqqol misol bo‘la oladi», — deydi FT nashriga Pentagondagi suhbatdosh. Uning so‘zlariga ko‘ra, taxminan 10 ta Xitoy kemasi doimiy ravishda Tayvan yaqinida joylashtirilgan. Portlarning yaqin joylashgani hisobga olinadigan bo‘lsa, Pekin «bir necha soat ichida qamalni boshlab yuborishi mumkin».

Amerika razvedkasining qayd etishicha, XXR raisi Si Jinping 2019 yildayoq armiyaga 2027 yilgacha Tayvanga hujum qilish imkoniyatini ishlab chiqishni topshirgan.

Mavzuga oid