Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
FSD avtopilotining so‘nggi versiyasiga ega Tesla Model 3 jiddiy avariyaga uchradi – mashina to‘satdan yo‘ldan chiqib ketdi va ag‘darildi.

Foto: SynNightmare/Reddit
Tesla kompaniyasining yangi FSD v13.2.8 va Hardware 4 avtopilot tizimi Model 3 avtomobilini jiddiy falokatiga sabab bo‘ldi. Avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi, daraxtga urildi va ag‘darildi.
Reddit foydalanuvchisi tomonidan joylangan videoda haydovchi iyagi kesilgani va falokatning oldini olishga ulgurmagani aytiladi.
Hodisa avtopilotning ishonchliligi haqida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Nomiga qaramay, Full Self-Driving (FSD) o‘zini o‘zi boshqarish bo‘yicha to‘liq avtonom tizim emas – texnik jihatdan bu avtomatlashtirishning ikkinchi darajasi bo‘lib, unda nazorat uchun inson javobgardir.
Mutaxassislar nostandart sharoitlarda FSD zaifligini ta’kidlamoqda: yomon holatdagi yo‘l chiziqlari, ta’mirlanayotgan yo‘l uchastkalarida yetarlicha yorug‘lik yo‘qligi va hokazo.
Tesla tomonidan radar va LiDAR tizimidan voz kechilishi ham tanqid qilinmoqda. Bu haydovchilarda xavfsizlik bilan bog‘liq noto‘g‘ri hislarni yuzaga keltiruvchi agressiv marketing ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:51 / 26.06.2025
Tesla robot-taksisining birinchi ommaviy sinovlari yo‘llarda muammolarga olib keldi

01:37 / 24.06.2025
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi

22:45 / 27.05.2025