Jahon | 20:46 / 27.05.2025
1733
2 daqiqa o‘qiladi

Boltiq dengizida Rossiya flotining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unda 20 ta jangovar kema va 3 ming harbiy ishtirok etmoqda

Mashg‘ulotlar davomida harbiylar «suvosti kemalariga qarshi vazifalarni» bajaradi va ekipajsiz katerlardan himoyalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshiradi.

Foto: mil

Rossiya harbiylari Boltiq dengizida rejaviy o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Rossiya Federatsiya Harbiy-dengiz floti Boltiq floti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda 20 dan ortiq kema, 25 ga yaqin samolyot va vertolyot hamda qariyb 3 ming harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Boltiq floti kuchlaridan tashqari, Shimoliy flot, shuningdek, Harbiy-havo kuchlari aviatsiyasi, Moskva va Leningrad harbiy okruglari ham o‘quvlarga jalb etilgan.

Boltiq flotining ma’lum qilishicha, o‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi — «qulay operativ rejimni saqlab turish» hamda Boltiq dengizi akvatoriyasida «flot kuchlarining bazalashuv punktlarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarini sinovdan o‘tkazish»dan iborat.

O‘quvlar davomida ekipajlar «suvosti kemalariga qarshi vazifalarni» bajaradi, ekipajsiz katerlardan himoyalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi hamda dengiz va havo nishonlariga qarshi amaliy artilleriya otishmalarini amalga oshiradi.

O‘quv mashg‘ulotlari qachongacha davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga oid