Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
Talabalarning umumiy soni 1,4 mln nafarni tashkil etdi.
O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2015-2016 o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;
- 2016-2017 o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;
- 2017-2018 o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;
- 2018-2019 o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;
- 2019-2020 o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;
- 2020-2021 o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
- 2021-2022 o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
- 2022-2023 o‘quv yili boshiga – 1 mln 042,1 ming nafar;
- 2023-2024 o‘quv yili boshiga – 1 mln 314,5 ming nafar;
- 2024-2025 o‘quv yili boshiga – 1 mln 432,8 ming nafar.
Mavzuga oid

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025