Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy
Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri Rossiya delegatsiyasi rahbariga memorandum masalasi bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilganini aytdi. Medinskiy esa qo‘ng‘iroqni o‘zi amalga oshirganini aytib, yangi uchrashuv bo‘yicha takliflar berilganini ta’kidladi.

Foto: Reuters
RF prezidentining yordamchisi, Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Vladimir Medinskiy Ukrainaga allaqachon yangi uchrashuv joyi va sanasi taklif qilinganini aytdi. Medinskiyning Telegramʼdagi posti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani jarayonni cho‘zishda ayblaganidan ko‘p o‘tmay paydo bo‘ldi.
Zelenskiyning versiyasiga ko‘ra, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Medinskiyga qo‘ng‘iroq qilgan va undan Moskva tez orada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qilish kafolatini olgan. «Lekin biz hech narsaga erisha olmadik. Hech kim erisha olmadi. AQShga murojaat qildik — ular ham kutyapti. Hamma kutyapti. Balki, kutmaslik kerakdir — yanada jiddiyroq choralar ko‘rish vaqti kelgandir», — deydi Ukraina prezidenti.
Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi Umerovga qo‘ng‘iroq qilgan va «memorandum — jangovar harakatlarni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini almashish uchun uchrashuv o‘tkaziladigan aniq sana va joyni» taklif qilgan. Uning ma’lum qilishicha, Rossiya «o‘sha yerning o‘zida, darhol» muzokaralarni davom ettirishga tayyor.
«Ukraina tomoni maslahatlashuvga yo‘l oldi. Aftidan, majlis cho‘zilib ketdi. Tasdiqlov kutyapmiz va biz belgilangan sanada — yaqin kunlarda shaxsan uchrashish va ish boshlashga tayyormiz», — deydi Medinskiy.
RF va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z shartlari keltirilgan hujjatlarni almashishga Istanbuldagi uchrashuvda kelishib olgandi. O‘shanda hujjatlar tayyor bo‘lishi bilan muzokaralar davom ettirilishi ma’lum qilingandi.
AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog 26 may kuni Vashington Ukraina tomonidan o‘z shartlari ro‘yxatini qabul qilganini bildirgan edi.
Mavzuga oid

22:00 / 29.05.2025
Zelenskiy Ukrainada tinchlik «ertagayoq» boshlanishi mumkinligini aytdi

21:10 / 29.05.2025
Putin Ukraina bilan Istanbul muzokaralaridan so‘ng armiyasini yangi hujumga tashladi

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

14:17 / 29.05.2025