Turkiya birinchi suzuvchi gaz platformasini ochiq dengizga yubordi
«Usmon G‘ozi» nomini olgan platforma 2026 yildan ishga tushadi va bitta nuqtada kamida 20 yil faoliyat yuritadi. Qayta ishlash bo‘yicha loyihaviy quvvat sutkasiga 10,5 mln kub metr gazni tashkil etadi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiyada tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha mamlakat tarixidagi birinchi suzuvchi platform Qora dengizga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Anadolu.
Tantanali marosimda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. «Usmon G‘ozi» nomli maxsus kema 2026 yildan boshlab gaz qazib olishni boshlaydi.
Platforma Sakarya gaz koni tomon yo‘l olmoqda. 2026 yil o‘rtalarida «Usmon G‘ozi» ishga tushib, kuniga 20 million kub metr gaz bilan ta’minlashi kutilmoqda — bu hozirda qazib olinayotgan gaz hajmidan qariyb ikki barobar ko‘p. Platforma bitta nuqtada kamida 20 yil xizmat ko‘rsatadi.
Kema uzunligi 298,5 metrni, eni esa 56 metrni tashkil etadi. Ekipaji 140 kishigacha yetishi mumkin.
Qayta ishlash bo‘yicha loyihaviy quvvat sutkasiga 10,5 million kub metr, uzatish quvvati esa 10 million kub metr gazni tashkil etadi. Qayta ishlangan gaz 161 kilometrli quvurlar orqali quruqlikka yetkazilib, Turkiya milliy gaz tarmog‘iga uzatiladi.
Loyiha Turkiyaning energetik mustaqilligini mustahkamlash va importga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
«Usmon G‘ozi» platformasi Bosfor ko‘rfazidan 11 soatda o‘tishi va 1 iyunda Filyos portiga yetib borishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

17:01 / 24.05.2025