Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi
Ruxsatsiz uchishni amalga oshirgani uchun paraplanchiga olti oy davomida parvoz qilish taqiqlandi.
Paraplanchi Pen Yuytszyanga 8589 metr balandlikka ko‘tarilgani uchun yarim yil parvoz qilish taqiqlandi. Bu haqda Gansu provinsiyasi aviasport assotsiatsiyasi hisobotiga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Tsilyan tog‘idagi sinov starti davomida (balandligi 3 ming metr) sportchi kutilmaganda yuqoriga ko‘tarilib ketgan. Uning kamerasi yordamida olingan kadrlarda erkak 35 daraja sovuqda bulutlar orasida uchib yurganini ko‘rish mumkin.
«Qo‘llarim butunlay muzlab qoldi. Men radioaloqani ushlab turishga urindim», — deydi start joyidan 30 kilometr uzoqlikka qo‘ngan Pen.
Tergov davomida aniqlanishicha, Pen o‘z parvozi uchun ruxsat olmagan, chunki u asbob-uskunalarini yerda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Uning Gu Chjimin ismli do‘sti videoni Douyin ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgani uchun Pen bilan bir xil jazo oldi.
8589 metr balandlikka ko‘tarilish tasodif tufayli ro‘y berdi deb topilgan (kislorod bilan ta’minlovchi uskunalarsiz omon qolish imkonsiz). Rekord inobatga olinmagan, chunki bu boradagi dunyo rekordi germaniyalik Eva Visnerskiga tegishli — u 2007 yilda 9946 metrga ko‘tarilgan edi.
Mavzuga oid

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

19:44 / 29.05.2025
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:02 / 29.05.2025