Rasman: Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi
Prezident qaroriga ko‘ra, 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatda 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid

19:16 / 20.06.2025
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

11:05 / 20.06.2025
«Cho‘l-adirlarni o‘zlashtirishimizga shubha qilganlar shu bog‘ni kelib ko‘rsin» - prezident Shahrisabzdagi agroturizm majmuasi haqida

10:56 / 20.06.2025