Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
U Rossiya zarbasi oqibatida poligonda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi.

Foto: Armyinform
General-mayor Mixail Drapatiy Ukraina Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimidan iste’foga chiqish uchun ariza yozdi.
«Bu mening 239-o‘quv poligonida askarlarimiz halok bo‘lishiga olib kelgan fojia uchun shaxsiy javobgarlik hissimdan kelib chiqqan ongli qadamdir», — deb yozgan harbiy Facebookʼdagi sahifasiga.
Oldinroq ukrainalik harbiylar Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari o‘quv bo‘linmasiga raketa zarbasini yo‘llagani to‘g‘risida xabar bergandi. U Dnepropetrovsk oblastida joylashgan. Zarba oqibatida 12 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq odam yaralangan.
«Qo‘mondon sifatida men o‘z buyruqlarim bajarilishini to‘liq ta’minlay olmadim. Qattiq turmadim, ishontirmadim, safdagi odamga munosabatni o‘zgartirmadim. Bu mening mas’uliyatim.
Komandirlari shaxsiy mas’uliyatni zimmasiga oladigan armiya — yashaydi. Yo‘qotishlar uchun hech kim javob bermaydigan armiya — ichida o‘ladi», — deydi qo‘mondon.
Drapatiy yuz bergan voqea bo‘yicha, jumladan, komandirlar xatti-harakati, panagohlar holati va ogohlantirish tizimlari samaradorligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni buyurdi.
«Or-nomus — gap emas, balki harakat bo‘lgan armiyani qurmas ekanmiz, bu urushda yutmaymiz. Mas’uliyat — jazo emas, ishonch asosidir. Har bir komandir har kuni buyruqlari, qarori va odamlari uchun javob beradi», — deydi Drapatiy.
Mavzuga oid

08:20
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

22:27 / 02.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «Pautina» operatsiyasi haqida

21:50 / 02.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV

20:36 / 02.06.2025