Jahon | 21:46 / 02.06.2025
2115
1 daqiqa o‘qiladi

Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

Berbok nomzodini 167 ta davlat qo‘llab-quvvatladi. Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri mazkur lavozimda bir yil davomida faoliyat yuritadi.

Foto: AFP

Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi.

Qayd etilishicha, diplomat mazkur lavozimga yagona nomzod bo‘lgan. Jamoatchilik nemis hukumatining Berbok nomzodini 2025-2026 yillarda BMT Bosh Assambleyasi raisi lavozimiga ilgari surayotgani to‘g‘risida mart oyida xabar topgandi.

Berbok nomzodini 167 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan. Uning inauguratsiyasi sentabr oyida bo‘lib o‘tadi. Bosh Assambleya raisining vakolatlari muddati bir yilni tashkil etadi.

BMT Bosh Assambleyasi raisining vazifalari yig‘ilishlarni boshqarish va vakillik funksiyalarini bajarishdan iborat. Bu lavozim har yili almashib turadi. Germaniya oxirgi marta 1980 yilda Bosh Assambleyada raislik qilgan.

Mavzuga oid