Kiyev Rossiya strategik aviatsiyasining 34 foizi zarar ko‘rganini ma’lum qildi
SBU Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizini nishonga olganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlarni tasdiqladi, biroq zarar ko‘rgan samolyotlar sonini ochiqlamadi. Z-bloger ularning sonini 10 dona, nemis mutaxassisi esa samolyotlarning 30-50 foizi atrofida baholayapti.

Foto: Telegram / SBUkr
Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiyaning bir qancha mintaqalaridagi aerodromlarga qarshi o‘tkazilgan «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi davomida Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi shikastlanganini ma’lum qildi. Bu xabar 1 iyun, yakshanba kuni SBU Telegram-kanalida e’lon qilindi.
«Rossiyadagi asosiy aerodromlarda strategik qanotli raketa tashuvchilarining 34 foizi shikastlangan», — deyiladi xabarda. Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar ko‘rgan samolyotlarning taxminiy umumiy qiymati 7 milliard dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq SBUdagi DW manbalari Rossiyaning 41 ta samolyoti, jumladan strategik A-50, Tu-95 va Tu-22M3 samolyotlari shikastlangani haqida xabar bergan edi. Ulardan muntazam ravishda Ukraina shaharlariga hujum qilish uchun foydalanilgan, deya ta’kidlaydi Kiyev. DW manbasiga ko‘ra, Irkutsk viloyatidagi Belaya, Ryazan viloyatidagi Dyagilevo, Murmansk viloyatidagi Olenya va Ivanovo viloyatidagi Ivanovo aviabazasiga hujum qilingan.
Zarar ko‘rgan samolyotlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlashning iloji yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan, SBU rahbariyati uchun translatsiya vaqtida olingan kadrlar hujumga uchragan samolyotlar turli darajada zarar ko‘rganini ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda dronlar to‘g‘ridan to‘g‘ri fyuzelyajga tegib, portlashga sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqalarida uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulagan va yong‘in samolyotga ham o‘tgan.
Mavzuga oid

00:44
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

22:07 / 03.06.2025
Rossiyalik fermerlar qozoq sayg‘oqlari tufayli Putindan yordam so‘radi

21:02 / 03.06.2025
Rossiyada World of Tanks o‘yini dasturchilari «ekstremistik uyushma» deb e’lon qilindi

18:55 / 03.06.2025