O‘zbekiston | 18:24 / 02.06.2025
38058
1 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2025 yil 6 iyun, juma kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

  • Andijon 05:00
  • Namangan 05:00
  • Farg‘ona 05:00
  • Toshkent shahri 05:10
  • Toshkent viloyati 05:10
  • Sirdaryo 05:20
  • Jizzax 05:20
  • Samarqand 05:20
  • Surxondaryo 05:25
  • Qashqadaryo 05:25
  • Navoiy 05:30
  • Buxoro 05:30
  • Xorazm 05:45
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Mavzuga oid