Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi
Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning ta’kidlashicha, mamlakat Rossiyadan kelayotgan doimiy tahdidni e’tiborsiz qoldira olmaydi.

Foto: PA images
Buyuk Britaniya armiyasi yangi mudofaa strategiyasi doirasida «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tmoqda. Sky News’ning yozishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Kir Starmer Glazgodagi matbuot anjumanida hukumatning mudofaa bo‘yicha xarajatlari rejasini taqdim etish vaqtida e’lon qilgan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, doimiy jangovar shaylik rejimi Buyuk Britaniyaning «2035 yilgacha o‘n barobar ko‘proq halokatli» armiyani yaratish maqsadlariga oid siyosatidagi «asosiy uchta o‘zgarishlardan» biriga aylanadi.
Ikkinchi tamoyil — Buyuk Britaniyaning mudofaa siyosati «har doim NATOni mustahkamlashga qaratiladi». Uchinchi tamoyil — qurolli kuchlarda innovatsiyalar «harbiy holat davridagi tezlikda» joriy etiladi.
Starmer oldinroq mudofaa strategiyasini o‘zgartirish Buyuk Britaniya Rossiyadan kelayotgan doimiy tahdidni e’tiborsiz qoldira olmasligi va uning oldini olish uchun ehtimoliy mojaroga tayyorlanishi kerakligiga asoslanganini ta’kidlagandi.
Yangi mudofaa doktrinasi hozircha to‘liq e’lon qilinmadi. U 2 iyun kuni Jamoatlar palatasida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri tomonidan taqdim etilishi kerak. Hujjatga oid ayrim ma’lumotlar matbuotda yoritilgan va Starmer ularning ba’zilarini tasdiqlagan.
Xususan, hukumat o‘q-dori ishlab chiqariladigan oltita zavod, shuningdek, 12 ta yangi atom suvosti kemasini qurish rejasini e’lon qilmoqchi. Bundan tashqari, hukumatning uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi qurollar yaratish, yadroviy dasturga 15 milliard funt sterling ajratish, havo hujumidan va raketalardan mudofaa tizimlariga investitsiyalar kiritish rejalari ham mavjud.
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

12:36 / 02.06.2025
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

21:17 / 01.06.2025
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

16:47 / 01.06.2025