Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Rossiya strategik aviatsiyasining uchdan bir qismiga zarba bergan «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasida 117 ta dron ishlatilgan va uning «ofisi» Rossiya FSB shtab-kvartirasi «to‘g‘ridan to‘g‘ri yonida» joylashgan edi, dedi Ukraina prezidenti.

Foto: Videodan kadr
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1 iyun, yakshanba kuni kechki nutqida bir necha soat avval Rossiya harbiy aerodromlariga uchuvchisiz uchoqlar yordamida amalga oshirilgan yirik hujum – «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. «Xavfsizlik xizmatiga, shaxsan general Malyukka, shuningdek, operatsiyada ishtirok etgan barchaga rahmat. Biz operatsiyani bir yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tayyorladik. Rejalashtirish, tashkil etish, barcha tafsilotlar mukammal tarzda tayyorlangan. Ishonch bilan aytish mumkinki, bu mutlaqo noyob operatsiya», — deb yozgan davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlarda.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududidagi operatsiyaning «ofisi» Rossiya viloyatlaridan biridagi FSB qarorgohi yaqinida joylashganini, biroq «odamlarimiz amaliyot arafasida Rossiya hududidan olib chiqib ketilganini, hozir ular xavfsiz» ekanini ta’kidladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasiga jami 117 ta uchuvchisiz uchish apparatlari va ularning tegishli sonidagi operatorlari «Rossiyaning turli viloyatlari hududida – uch vaqt zonasida» jalb qilingan. «Biz Rossiya bu urushni tugatish zarurligini his qilishi uchun hamma narsani qilyapmiz», — dedi Zelenskiy.
Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi vaqtida shikastlanganini ma’lum qildi. «Rossiyadagi asosiy aerodromlaridagi strategik qanotli raketa tashuvchilarning 34 foizi zarar ko‘rdi», — deyiladi idoraning Telegram-kanalidagi bayonotida. Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar ko‘rgan samolyotlarning taxminiy umumiy qiymati 7 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

22:07 / 03.06.2025
Rossiyalik fermerlar qozoq sayg‘oqlari tufayli Putindan yordam so‘radi

21:02 / 03.06.2025
Rossiyada World of Tanks o‘yini dasturchilari «ekstremistik uyushma» deb e’lon qilindi

18:55 / 03.06.2025
O‘zbekistonda modernizatsiya qilingan T-64 tanki namoyish etildi

18:09 / 03.06.2025