Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi
Hodisa haydovchi rulda chalg‘ib qolishi oqibatida yuz bergan. Oqibatda 2 ta Cobalt, 2 ta Lacetti va bitta Nexia-3 rusumli transport vositasiga shikast yetgan.

Foto: Videodan kadr
Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 3 iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani Bekbachcha MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 415-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Toshkent—Andijon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 2 ta Cobalt, 2 ta Lacetti va bitta Nexia-3 svetoforning taqiqlovchi «qizil» ishorasida to‘xtab turgan vaqtida, oraliq masofani saqlamasdan harakatlanib kelgan Hyundai Porter ularning orqasiga urilgan. Ta’kidlanishicha, Hyundaiʼning 42 yoshli haydovchisi rulda chalg‘ib qolgani tufayli to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida barcha transport vositalari texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q.
YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:30
Andijonda qaynukasining mashinasini yoqib yuborgan sobiq kuyovga jinoyat ishi ochildi

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025