Damashq fond birjasi qayta ochildi
Suriyada «Baas» rejimi qulaganidan keyin iqtisodiy institutlarni tiklash jarayoni boshlandi.

Foto: Anadolu Agency
Suriya poytaxti Damashq «Baas» rejimi ag‘darilganidan so‘ng o‘z birjasini qayta ochdi. Bu haqda Suriya axborot agentligi xabar berdi.
Ochilish marosimida iqtisodiyot va sanoat vaziri Nidal Shaar, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Abdusalom Haykal, moliya vaziri Muhammad Yusr Berniye, Markaziy bank raisi Abdelqodir Hasriye, shuningdek, qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Ochilishda so‘zga chiqqan moliya vaziri Berniye birjaning qayta ochilishi mamlakatda iqtisodiy tiklanish boshlanganidan dalolat ekanini aytdi. Uning qayd etishicha, Damashq fond birjasi xususiy kompaniya sifatida faoliyat yuritadi, haqiqiy iqtisodiy markazga aylanadi va raqamli transformatsiyaga moslashadi.
Berniyening ta’kidlashicha, ularning iqtisodiy qarashlari adolat, tenglik, xususiy sektor yetakchiligi va sarmoya jalb etishga asoslangan. «Biz ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish ustida ishlaymiz. Bizni rag‘batlantiruvchi sarmoyaviy istiqbollar kutib turibdi», dedi u.
Shuningdek, u birja xususiy sektor uchun raqobatchi bo‘lib qolmasligini, aksincha, birlashtiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi rol o‘ynashini qo‘shimcha qildi.
Vazirning aniqlik kiritishicha, ochilish faqat sinov bosqichi bo‘lib, to‘liq ishga tushirish fond bozori, investitsiyalar va kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Marosim yakunida Berniye va boshqa rasmiy shaxslar birgalikda birja qo‘ng‘irog‘ini urib, ramziy ma’noda ochilishni nishonladilar.
Mavzuga oid

15:50 / 04.06.2025
Suriyaliklar Qurbon hayiti arafasida ommaviy ravishda uyga qaytyapti

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

20:04 / 03.06.2025
AQSh Suriyadagi 7 ta harbiy bazasini yopadi

16:45 / 03.06.2025