NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi
Shimoliy Atlantika alyansi shu orqali «Rossiya tajovuzi tahdidiga» javoban «muhim bo‘shliqni» to‘ldirish niyatida.

Foto: Getty images
Shimoliy Atlantika alyansi Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar ko‘paytirishni talab qiladi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, NATO shu orqali «Rossiya tajovuzi tahdidiga» javoban «muhim bo‘shliqni» to‘ldirish niyatida.
Havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini besh baravar kuchaytirish masalasi NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining 5 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida muhokama qilinadi.
NATOga ko‘ra, HHM imkoniyatlarini oshirish alyansning yevropalik a’zolarini umumiy maqsadi bo‘ladi, ammo har bir davlat uchun bu boradagi ko‘rsatkichlar bir-biridan farq qiladi. NATO qancha muddat davomida ushbu tizimni kuchaytirishni rejalashtirayotgani noma’lum.
Yevropalik yuqori martabali harbiy amaldorning so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolari «tobora takomillashib borayotgan dronlar, raketalar va qiruvchi samolyotlar kabi tahdidlardan himoya qiluvchi yer usti havo hujumidan mudofaa kuchlarini kuchaytirishga jiddiy ehtiyoj sezmoqda».
«Biz na urush va na tinchlik holatidamiz. Va biz tiyib turish va mudofaamizni mustahkamlashni davom etishimiz kerak — bu to‘liq jangovar shaylikni anglatadi», — deydi alyans bosh kotibi Mark Ryutte 2 iyun kuni Vilnyusda o‘tkazilgan sammitda.
Oldinroq NATO alyans mudofaasi uchun Germaniyadan yana yettita brigada, ya’ni 40 mingga yaqin harbiy xizmatchi so‘ramoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Rossiya—Ukraina urushi boshlanganidan beri NATO davlatlari o‘zlarining mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirdi. Ammo ular hozirga qadar bu boradagi ko‘rsatkichlarni AQSh prezidenti Donald Tramp talab qilganidek YaIMning 5 foiziga qadar yetkazmadi.
Mavzuga oid

08:20 / 03.06.2025
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

12:25 / 31.05.2025
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi

08:50 / 30.05.2025
Kellog: Rossiyaning NATO kengayishi haqidagi xavotirlari «adolatli»

01:39 / 29.05.2025