Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dori o‘pka kasalligini davolashda samara ko‘rsatdi
Butunlay sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan Rentosertib dori vositasi bedavo o‘pka fibrozi bo‘yicha birinchi o‘rta bosqichdagi klinik sinovni muvaffaqiyatli yakunladi.

Foto: Blomberg
Bosh qarorgohi Boston va Honkongda joylashgan Insilico Medicine biotexnologiya kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida dori vositalari yaratish sohasida yutuqqa erishganini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Butunlay sun’iy intellekt (SI) yordamida ishlab chiqilgan Rentosertib dori vositasi bedavo o‘pka fibrozi bo‘yicha birinchi o‘rta bosqichdagi klinik sinovni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu kasallikda o‘pkadagi to‘qimalarning chandiqlari nafas olishni qiyinlashtiradi.
Xitoyda 71 bemorni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, preparatning eng yuqori dozasi bemorlarning kichik guruhida o‘pka funksiyasini yaxshiladi. Biomarkerlar tahlili preparat SI prognoz qilganidek ishlayotganini tasdiqladi, unda kasallik rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan oqsil bloklandi. Natijalar Nature Medicine jurnalida chop etildi.
Insilico Medicine bosh direktori Aleks Javoronkov bu o‘pka kasalligini davolashda «eng yaxshi natijalardan biri» ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, an’anaviy usullar klinik sinovlarga tayyor dori yaratish uchun 4,5 yil vaqtni oladi, Rentosertib bilan esa bu jarayon atigi 18 oy davom etdi.
Istiqbolli natijalarga qaramay, tadqiqot cheklovlarga ega edi: u atigi 12 hafta davom etdi, bir nechta bemorlarning ahvoli yomonlashdi, ba’zilarida jigarga zarar yetkazildi. Kompaniya dori samaradorligini tasdiqlash uchun kattaroq sinovlarni rejalashtirmoqda, ammo nazorat idoralari tomonidan ma’qullanishi uchun kamida ikki yil kerak.
Mavzuga oid

20:05 / 28.05.2025
Sun’iy intellekt o‘zbek tilida shevada gapirishni boshladi

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

17:15 / 08.05.2025