O‘zbekiston | 11:00 / 04.06.2025
2058
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Havas Holding Yevropa kompaniyalari bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya davlatlariga rasmiy tashrifi doirasida Havas Holding Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Foto: Havas Holding

2025 yil 19−22 may kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniya mamlakatlariga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Sloveniya prezidenti va Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston, Vengriya va Sloveniya tadbirkorlari ishtirokida biznes-forumlar ham tashkil etildi. Forumlar doirasida Havas Holding Yevropaning yetakchi kompaniyalari bilan muloqotni faollashtirib, xalqaro investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

2025-yil 17−19 may kunlari Havas Holding delegatsiyasi Budapesht shahrida xizmat safarida bo‘lib, Vengriyaning investitsiya, ko‘chmas mulk va logistika sohalaridagi yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi. Jumladan, Sharqiy Yevropaning eng yirik investitsion holdinglaridan biri bo‘lgan BDPST Group rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, texnologik hamkorlik va boshqaruv tajribasi almashinuvi asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Tashrif davomida, 22-may kuni Havas Holding vakillari Sloveniyaning poytaxti Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Sloveniya biznes forumida ishtirok etdi. Forumda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va 150 dan ortiq kompaniyalari qatnashdi. Tadbir doirasida Sloveniya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan EHO d.o.o. bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralarda logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, meva-sabzavotni qayta ishlash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda loyihalar ko‘rib chiqildi.

Havas Holding haqida

Havas Holding — 2018 yilda tadbirkor Fatxulla Sodiqov tomonidan tashkil etilgan va bugungi kunda O‘zbekistonning eng yirik ko‘p tarmoqli holdinglaridan biri hisoblanadi. Holding tarkibida chakana savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, agroindustriya, logistika va distributsiya sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar mavjud.

Havas Holding’ning asosiy aktivlariga O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i — Havas do‘konlar tarmog‘i, distributsiya kompaniyalari hamda agroindustrial komplekslar kiradi. Holdingning strategik maqsadi — xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiyalash va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni shakllantirishdan iborat.

Sayt: havasholding.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid