Jamiyat | 20:00 / 04.06.2025
1043
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

iHamkor startaplar uchun biznes ma’lumotlaridan bepul foydalanish dasturini ishga tushirmoqda

iHamkor.uz biznes ma’lumotlar platformasi IT Park ko‘magida yosh texnologik jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan"iHamkor for Startups" yangi tashabbusi boshlanganini e’lon qildi.

"Bizning nazarimizda, ma’lumotlar iqtisodiy o‘sishning yangi drayveri hisoblanadi. O‘z oldimizga qo‘ygan vazifa — bu ma’lumotlarga nafaqat banklar va korporativ sektor uchun, balki kelajakni yaratishda faol ishtirok etayotganlar uchun ham imkoniyat yaratish", - deb qayd etdi "Defen Financial" MChJ asoschisi va bosh direktori, iHamkor.uz platformasi operatori Asqar Ismailov.

Dastur doirasida startaplar quyidagilarga ega bo‘lishadi:

  • iHamkor API’dan 6 oygacha bepul foydalanish imkoniyati
  • Integratsiya jarayonida ko‘maklashish va texnik yordam
  • Taqdimotlar va veb-saytda "iHamkor asosida ishlab chiqilgan" belgisini qo‘llash huquqi
  • Hamkorlikdagi maqolalar va amaliy misollar tayyorlashda qatnashish imkoniyati

"IT Park’ning eng muhim vazifalaridan biri – innovatorlar zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan startap ekotizimini yaratish. iHamkor loyihasi – davlat va xususiy sektor hamkorligi O‘zbekistonda IT sohasining rivojiga qanchalik katta turtki berishi mumkinligining yorqin misolidir", - dedi IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov.

Dastur O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan va IT Park rezidenti bo‘lgan, dastlabki (pre-seed) yoki urug‘ (seed) bosqichidagi, daromadi 500 million so‘mgacha va xodimlar soni 10 nafargacha bo‘lgan jamoalar uchun ochiq.

Biz iHamkor startaplar uchun AWS infratuzilma sohasida yoki Stripe moliya texnologiyalarida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, shunday darajaga chiqadi deb o‘ylaymiz. Agar sizning mahsulotingiz biznes ma’lumotlariga asoslangan bo‘lsa, demak bizning maqsadlarimiz bir", - dedi Asqar Ismailov.

iHamkor API o‘z ichiga nimalarni oladi?

iHamkor API platformasi O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan keng qamrovli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bular quyidagilardan iborat:

Yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar: ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari, soliq rejimlari, soliq va ijtimoiy to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, aylanmalar, foyda, qarzlar va mulkchilik tuzilmasi.

Jismoniy shaxslar haqidagi ma’lumotlar: daromadlar, ish haqi, ushlab qolingan va ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Bu ma’lumotlarning ayrimlariga kirish uchun egalarining roziligini olish talab etiladi.

Mavjud API va ma’lumot toifalarining to‘liq ro‘yxati quyidagi sahifada joylashtirilgan: iHamkor.uz/help?tab=api

Qanday qilib ariza topshirish mumkin?

iHamkor for Startups dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirish juda oson:

1. Dastur sahifasiga o‘ting

Quyidagi sahifani oching: www.iHamkor.uz/startups

2. Qisqa so‘rovnomani to‘ldiring

Quyidagilarni ko‘rsating:

  • Startap nomi va STIR (agar mavjud bo‘lsa)
  • Vakilning F.I.Sh. va aloqa ma’lumotlari
  • Mahsulotning qisqacha tavsifi
  • Rivojlanish bosqichi (pre-seed, seed va hokazo)
  • Xodimlar soni
  • Hozirgi daromad darajasi (agar mavjud bo‘lsa)

3. Arizani yuboring

So‘rovnomaning barcha bandlari to‘ldirilganiga ishonch hosil qiling.

4. Javobini 3 ish kuni ichida olishingiz mumkin.

Biz siz bilan bog‘lanib, ishtirok etish shartnomasini va API kirish kalitlarini jo‘natamiz.

5. Ishlab chiqishni boshlang — iHamkor ma’lumotlarini mahsulotingizga qisqa fursatlarda joriy etishingiz mumkin.

Biz haqimizda

iHamkor.uz — bu haqiqiy vaqt rejimida to‘liq, ishonchli va hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etuvchi ko‘p vazifali avtomatlashtirilgan axborot tizimidir. Tizim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlarga to‘siqsiz kirishni ta’minlaydi, iqtisodiy muomalada ishtirok etuvchilarning axborot ehtiyojlariga to‘liq mos keladi hamda tadbirkorlik o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yarata oladi.

Tizim "DEFEN FINANCIAL" MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 avgustdagi "Soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 529-sonli qaroriga muvofiq, 2022 yil 24 mayda imzolangan "Ishonchli hamkor" avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi DXSH/52-2022-sonli bitim asosida ishlab chiqilgan.

Reklama huquqi asosida