Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,4 mlrd dollarga yetdi
2025 yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligidan joy oldi.

Foto: Sputnik / Vladislav Vodnev
"Kazinform" xalqaro axborot agentligining O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, shu yil yanvar-aprel oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 foizga o‘sish bilan 24,6 milliard AQSh dollariga yetdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston 183 ta mamlakat bilan savdo qiladi. O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Belgilangan davrda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1 milliard dollardan oshdi, bu esa umumiy ko‘rsatkichning 17 foizi demakdir.
Tovar aylanmasi bo‘yicha Rossiya keyingi o‘rinda – 15,1 foiz. Yanvar-aprel oylarida ushbu mamlakat bilan import va eksport hajmi 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
Qozog‘iston bu borada uchinchi mamlakat bo‘lib turibdi. Yanvar-aprel oylarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,4 milliard dollarga, ya’ni 5 foizga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 168 million dollarga yuqori. Xususan, yanvar-aprel oylari holatiga ko‘ra O‘zbekiston Qozog‘istonga 405,7 million dollarlik mahsulot eksport qilgan va 986,8 million dollardan ortiq import qilingan.
2024 yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan. Shuningdek, Rasmiy Ostona va Toshkent o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish niyati borligini bildirgan edi.
Mavzuga oid

00:15
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

10:52 / 05.06.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi tirbandlik masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

22:07 / 03.06.2025