Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025 yil 6-8 iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.

Foto: Turizm qo‘mitasi
Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan o‘zlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pulli ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan.
Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.
Mavzuga oid

18:34 / 05.06.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

09:53 / 05.06.2025
Toshkentda hayit namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

15:50 / 04.06.2025