Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nexia xavfsizlik orolchasidagi piyodani urib yubordi
Toshkent shahrining Bektemir tumanida Nexia haydovchisi katta tezlikda Matiz bilan to‘qnashib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketdi va u yerda turgan ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Toshkentning Bektemir tumanida Nexia va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Milliy telekanalning «Millar» dasturi.
31 may kuni ertalab Nexia haydovchisi katta tezlikda Matiz bilan to‘qnashib ketgan, shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketgan, u yerda turgan ayolni urib yuborgan va daraxtni qulatgan.
Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialiga yotqizilgan.
Shifokorning ma’lum qilishicha, bemorga yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi, chap son suyagining yopiq sinishi, birinchi va ikkinchi darajali travmatik shok tashxisi qo‘yilgan. Unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
3 iyun kuni jabrlanuvchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Bemorning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, u hushiga kelgan.
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi

14:38 / 31.07.2025
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07 / 31.07.2025