O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
Yashash darajasi global reytingi tuzildi, unda mamlakatlar tovar va xizmatlar narxi, jumladan, ijara haqi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, restoran narxlari, mahalliy aholining xarid qobiliyati bo‘yicha tasniflandi.

Foto: David Trilling
2025 yilda O‘zbekiston Numbeo yashash darajasi global reytingida 139 mamlakat ichida 127-o‘rinni egalladi. Bu mamlakat yashash qiymati eng arzon davlatlar qatoridan joy olganini anglatadi.
Dunyodagi eng yirik shaharlar va mamlakatlar ma’lumotlar bazasiga ega portal yashash qiymati indeksini hisoblab chiqdi va tegishli reytingni tuzdi (Cost of Living Index by Country). Mutaxassislar turli mamlakatlarda yashash qanchalik qimmat ekanini hisobladi.
Reytingni tuzishda tovar va xizmatlar narxi, jumladan, ijara haqi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, restoran narxlari, mahalliy aholining xarid qobiliyati hisobga olindi. Raqamlar Nyu-Yorkdagi (AQSh) turmush darajasi bilan taqqoslandi. Reyting shunday tuzilganki, birinchi o‘ntalikka yashash uchun eng qimmat mamlakatlar kirdi, oxirgi o‘rinlarda esa arzonroq mamlakatlar.
O‘zbekiston 24,2 ball bilan yashash narxi arzon bo‘lgan davlatlar guruhiga kiritildi (127-o‘rin).
Rossiya 132-o‘rinda, Belarus 123-o‘rinda, Qirg‘iziston 121-o‘rinda, Qozog‘iston 114-o‘rinda, Armaniston 63-o‘rinda qayd etildi. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmadi.
Yashash uchun eng qimmat davlatlar AQSh Virjiniya orollari, Shveytsariya, Islandiya, Bahama orollari va Singapur bo‘lsa, eng arzonlari Afg‘oniston, Hindiston, Misr, Liviya va Pokiston bo‘ldi.
Mavzuga oid

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025