O‘zbekiston | 14:00 / 05.06.2025
1300
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Suv - hayot, suv - baraka. Endi esa - bilim manbai

Agrobank tomonidan qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanishga bag‘ishlangan “Suv kitob” to‘plami nashr etildi. Bu to‘plam fermerlar, dehqonlar va agrar mutaxassislar uchun suvni tejash, har tomchisini samara bilan boshqarishga oid eng zarur bilimlarni o‘z ichiga olgan. Ilm va amaliyot uyg‘unligida yaratilgan qo‘llanmalar to‘plami — suvning haqiqiy qiymatini anglashga chorlaydi.

“Suv tekin emas!” — bu endi shior emas, amaliy qo‘llanma bo‘lib, 30 ta qo‘llanmadan iborat “Suv kitob” to‘plami Xitoy va Turkiyaning ilg‘or tajribasi asosida, 50 nafar mahalliy mutaxassis va muhandislar ishtirokida tayyorlangan. Ularda suv tejamkor texnologiyalar, irrigatsiya tizimlari va zamonaviy yechimlar haqida aniq, lo‘nda va amaliyotga mos ma’lumotlar berilgan.

Mazkur metodik to‘plam Agrobank, Suv xo‘jaligi vazirligi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida yaratildi.

Bu to‘plam “Agrobooks” loyihasining navbatdagi bosqichidir. Ilgari ushbu loyiha doirasida Turkiya tajribasi asosida “100 kitob to‘plami” va “O‘simliklar himoyasi” bo‘yicha 40 ta metodik qo‘llanma tayyorlanib, mamlakat bo‘ylab bepul tarqatilgan. Faqat yutuqlarga emas, bilimga ham suyanayotgan qishloq xo‘jaligi bugun yangi bosqichga chiqmoqda.

Qo‘llanmalarni yaratishda 120 dan ortiq mutaxassislar, olimlar, agroinjyenerlar va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Agrobank qoshidagi ilmiy guruh har bir tavsiyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirdi. Chop etish xarajatlari to‘liq bank tomonidan moliyalashtirildi — bilim, haqiqatan ham, qimmatli sarmoya ekanini ko‘rsatdi.

“Suv kitob” to‘plami yil oxiriga qadar yurtimizdagi barcha fermer va dehqonlarga bepul tarqatiladi. Elektron, audio va video shakllarda ham taqdim etiladi. Bu faqat kitob emas — har bir dehqonning qo‘lidagi suvni baxtga aylantiruvchi yo‘l xaritasidir.

Agrobank qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarga bag‘ishlangan loyihalarni amalga oshirishda davom etadi.

Mavzuga oid