Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Azimobod mahallasida joylashgan 680 o‘ringa mo‘ljallangan 26-maktab 1999 yilda qurilgan bo‘lib, bino yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Maktab yoshidagi 950 nafar o‘quvchilarning aksariyati olis masofaga qatnab ta’lim olishardi.
Ana shu maktab negizida tuman prokurori tashabbusi, tadbirkorlar ko‘magi bilan loyihaviy qiymati 10,5 mlrd so‘mga baholangan 480 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi. Buning natijasida ta’lim dargohi sig‘imi 1 160 nafarga yetkazildi.
Shuningdek, 1978 yilda qurilgan 180 o‘rinli 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 260 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim olayotgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha 400 nafar maktabgacha ta’lim yoshiga yetgan bolalar uchun yangi bog‘chaga ehtiyoj bor edi.
Bunga ham yechim topildi. Tadbirkorlar tomonidan qiymati 7 mlrd so‘mlik 320 o‘rinli yangi qo‘shimcha (jami 500 o‘rinli) bino jihozlari bilan qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar tomonidan Bo‘ston mahallasi yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab filiali uchun yangi bino qisqa fursat ichida qurib berildi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

10:51 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

20:08 / 23.05.2025