Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining qariyb uch yil ichida birinchi marta yumshatilishini «inflatsiya bosimining» pasayishi bilan izohladi. Ammo ko‘rsatkichlar urushdan oldingi davrlardan ancha uzoq.

Foto: AP
Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkani 100 ta bazaviy punktga — yillik 21 foizdan 20 foizgacha tushirishga qaror qildi. Bu haqda regulyator saytida 6 iyun, juma kuni chop etilgan press-relizda ma’lum qilindi.
«Joriy inflatsiya bosimi, shu jumladan barqaror bo‘lib, pasayishda davom etmoqda. Ichki talab tovarlar va xizmatlar taklifini kengaytirish qobiliyatidan oshib ketishda davom etayotgan bo‘lsa-da, Rossiya iqtisodiyoti asta-sekin muvozanatli o‘sish trayektoriyasiga qaytmoqda», deb ta’kidlaydi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki.
Rossiya banki raisi Elvira Nabiullinaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida narxlar tahlilchilar kutganidek tez o‘smayapti — bunga yuqori asosiy stavka yordam bermoqda: «Mart oyida narxlarning joriy o‘sish sur’ati yillik hisobda yetti foizni tashkil etgan bo‘lsa, aprel oyida ular taxminan olti foizga tushdi», dedi u yig‘ilish yakunlari bo‘yicha. Shu bilan birga, Nabiullina yuqori stavkaning ta’siri bozorning turli segmentlarida notekis ekanligini ta’kidladi.
Rossiyada inflyatsion kutilmalar yuqoriligicha qolmoqda. Markaziy bank pul-kredit sharoitlari sohasida qattiq, ammo ayni paytda ehtiyotkor siyosatni davom ettiradi, deya qo‘shimcha qildi Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki rahbari.