Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban
Mamlakat bosh vaziri ushbu xarajatlarni «kelajak uchun eng yaxshi investitsiya» deb atadi.

Foto: Getty images
Vengriya hukumati mamlakatga noqonuniy migrantlarni kiritgandan ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga har kuni 1 million yevro miqdorida jarima to‘lashga tayyor. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi. U mazkur xarajatlarni «kelajak uchun eng yaxshi investitsiya» deb atadi.
«Bryussel tahdid va shantaj qilmoqda. Biz moliyaviy sanksiyalar ostidamiz. Biz migrantlarni kiritmaganimiz uchun Bryusselga har kuni 1 million yevro to‘lashimiz kerak… Kuniga 1 million yevro — bu biz uchun katta pul, ammo bitta bo‘lsa ham migrantni kiritgandan ko‘ra, uni to‘laymiz», — deydi Orban.
Viktor Orban Yevropada yuz berayotgan jarayonlarni «aholini ataylab almashtirish va shu yo‘l bilan Yevropaning madaniy asoslarini o‘zgartirish» deb ta’rifladi.
2024 yil iyunda YeI sudi migrantlarni qabul qilish qoidalariga bog‘liq oldingi sud qarorini bajarmagani uchun Vengriyaga 200 million yevro miqdorida jarima to‘lash, shuningdek, har kuni 1 million yevrodan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini yuklagan edi. Sudning qayd etishicha, Budapesht qochqinlarning xalqaro himoya tartib-qoidalaridan foydalanishini cheklagan, ularni hibsga olgan va noqonuniy ravishda kelgan muhojirlarni chiqarib yuborgan.
Mavzuga oid

19:46 / 09.06.2025
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda

19:26 / 05.06.2025
Tramp ma’muriyati Serbiyadan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilishni so‘radi

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025