Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi
Bunda AQShdagi brendlar ulushi 77,9 foizni tashkil etmoqda. Brand Finance’ga ko‘ra, Apple’ning qiymati 11 foizga - 574,5 mlrd dollargacha oshgan.

Foto: AP
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brendning qiymati 3,2 trillion dollarga yetdi — ularning 2,5 trillion dollari 44 ta Amerika brendiga tegishli. Bu haqda Brand Finance tadqiqotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, AQShdagi brendlarning ulushi 77,9 foizni tashkil etadi. Xitoyga tegishli 24 ta brend umumiy qiymatning 11,4 foizini, 9 ta Yaponiya brendi — 2,1 foizni, Janubiy Koreyaning 5 ta brendi — 3,9 foizni, Hindistonning 5 ta brendi esa 1,7 foizni egallagan.
Apple ketma-ket ikkinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallamoqda, uning qiymati 11 foizga — 574,5 milliard dollargacha oshgan. So‘rovlarga ko‘ra, iste’molchilarning 80 foizdan ortig‘i ushbu brend bilan tanish, 45 foizi esa Apple mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Microsoft (+35 foiz, 461,1 milliard dollargacha) egalladi. Undan keyingi pog‘onalardan Google (+24 foiz, 413 milliard dollargacha), Amazon (+15 foiz, 356,4 milliard dollar), TikTok/Douyin (+26 foiz, 105,8 milliard dollar) o‘rin oldi.
Meta kompaniyasiga tegishli Facebook esa 91,5 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan oltinchi o‘ringa tushib ketdi va Samsungʼning o‘rnini egalladi.
IT sohada eng keskin o‘sish Nvidia brendida qayd etildi (+98 foiz, 87,9 milliard dollargacha) — u o‘tgan yilgi 10-o‘rindan sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Mavzuga oid

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025