Fransiyada 14 yoshli o‘quvchi pichoq bilan maktab xodimiga hujum qildi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi
Hodisa maktabga kirishda sumkani tekshirish vaqtida sodir bo‘lgan. O‘quvchi nima sababdan bunday qilgani noma’lum.

Foto: Libération
Fransiyaning Nojan-syur-Mar shahrida o‘quvchi maktab xodimiga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar beradi BFM TV.
Qayd etilishicha, hodisa maktabga kirishda sumkani tekshirish vaqtida sodir bo‘lgan. Halok bo‘lgan xodim o‘qituvchi bo‘lganmi yoki yo‘q, bunga aniqlik kiritilmagan. Jabrlanuvchi ayol olgan tan jarohatlari oqibatida bir necha soatdan keyin vafot etgan.
Tekshiruv jarayonida ishtirok etgan politsiyachilar o‘smirni zararsizlantirgan. Ularning biriga ham yengil jarohat yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs 14 yoshli bola bo‘lib, oldinlari u politsiya e’tiboriga tushmagan. O‘quvchi nima sababdan bunday qilgani noma’lum.
Aprel oyida Nantda 2009 yilda tug‘ilgan o‘quvchi maktab binosida boshqa o‘smirlarga pichoq bilan hujum qilgandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan va uch nafari yaralangan edi. Hodisaga hujum uyushtirgan shaxsning tanishi bilan o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan.
Fransiya maktablarida qurol bor-yo‘qligini ommaviy tekshirish ishlari mart oyida — Parij yaqinida maktab o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan janjalda bir o‘smir pichoqlanganidan keyin boshlangan edi. Martdan may oyiga qadar ushbu tekshiruvlar natijasida 186 ta pichoq topilgan, 36 nafar o‘quvchi ushlangan.
Avvalroq Avstriyadagi maktabda otishma yuz bergani va kamida 11 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:05 / 16.06.2025
Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin

11:14 / 11.06.2025
Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

13:29 / 01.06.2025