SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes-tur tashkillashtirdi
Gilam sanoatida MDH mamlakatlari ichida yetakchilardan biri bo‘lgan SAG kompaniyasi o‘zining 25 yilligini nishonlash munosabati bilan uzoq yillik hamkorlarini maxsus safarga taklif etdi.

Foto: SAG
Tadbir manzili sifatida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri tanlandi. Bu sayohat SAG uchun nafaqat bayram, balki qadriyatlarni mustahkamlash va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati bo‘ldi. AQSh, Xitoy, Rossiya, Ozarboyjon va boshqa MDH davlatlaridan tashrif buyurgan hamkorlar bir joyda to‘planib, o‘zaro yaqindan tanishish, tajriba almashish va kompaniya bilan bo‘lgan aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir doirasida SAG rahbariyati tomonidan taqdimot o‘tkazilib, kompaniyaning 25 yil ichidagi rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar, yangi strategik yo‘nalishlar va xalqaro maydondagi rejalari bilan ishtirokchilar tanishtirildi. Ayniqsa, yangi rebrending, savdo modeli va eksport imkoniyatlariga oid yangiliklar tadbir mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
“Bugun SAG nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro bozorda o‘zining sifatli va zamonaviy gilam mahsulotlari bilan tanilgan. Chorak asrlik tajriba asosida, biz kelgusi yillarda ham boshqa davlatlarda savdo nuqtalarimizni ko‘paytirib, o‘zbek gilamchilik san’atini dunyo bozorida targ‘ib qilishda davom etmoqchimiz” – dedi Kamol Abdulloyev, SAG kompaniyasining asoschisi.
Safarning yakuniy qismida SAG o‘zining hamkorlarini esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi. Bu kompaniya uchun hamkorlikni e’tirof etish va yanada mustahkamlashning ramziy ifodasi bo‘ldi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: sag.uz