VOLLKRAFT: UzAuto Trailer O‘zbekistonning yangi eksportbop brendini taqdim etdi
2025 yil may oyida UzAuto Trailer MChJ XK VOLLKRAFT nomi ostida yangi yarimtirkama texnikalar brendini taqdim etdi.
Yangi yarimtirkamalar turkumi keng auditoriyaga Yevroosiyodagi eng yirik tijorat transporti va texnologiyalar ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan COMvex – 2025 ko‘rgazmasida taqdim etildi. Ushbu tadbir EXPO sohaviy ko‘rgazma tadbirlari doirasida (CTT Expo/COMvex/CTO Expo/Logistika Expo) 27 maydan 30 maygacha Moskva shahridagi MVs «Krokus Ekspo» ko‘rgazma markazida o‘tkazildi. Ko‘rgazmada 69 000 dan ortiq mehmon va 1 000 dan ziyod eksponentlar, jumladan, sohaning yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.
VOLLKRAFT’ning taqdimoti UzAuto Trailer uchun xalqaro bozorda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda yangi strategik bosqichga aylandi. Oxirgi yillarda kompaniya nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo va Rossiya bozorlarida ham ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon qildi. Faqat so‘nggi ikki yil ichida korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 2 000 dan ziyod yarimtirkamalar xorijiy bozorlarga eksport qilindi.
Mahalliy texnikalarning global darajadagi raqobatbardoshligini tasdiqlovchi yana bir muhim ko‘rsatkichlardan biri, bu UzAuto Trailer’ning jahondagi yetakchi yarimtirkama ishlab chiqaruvchilarni baholaydigan The 2024 Global Trailer OEM Ranking Listmustaqil xalqaro reytingiga 2024 yildan boshlab ilk marta kiritilishidir. 38-o‘rinni egallagan holda, kompaniya o‘z mahsulotlarining yuqori standartlarga javob berishini va eng talabchan bozorlarda ham muvaffaqiyatli raqobatlasha olishini isbotladi.
VOLLKRAFT: Biznes ehtiyojlarini tinglaydigan texnika
Nemis tilidagi «VOLLKRAFT» so‘zining asl ma’nosi – «to‘liq kuch» yoki «to‘liq qudrat» bo‘lib, yetuklik va donolikni ifodalaydi. Yangi yarimtirkamalar turkumining ortida ko‘p yillik tajriba, professional bilim va mijozlar fikriga e’tibor bilan yondashish yotadi. Har bir VOLLKRAFT yarimtirkamasi – investitsiyadan maksimal samara, har bir reysda ishonch va haqiqiy ish sharoitlarida sinovdan o‘tgan texnologik qudratdir.
UzAuto Trailer’ning COMvex-2025dagi stendida Vollkraft’ning yangi modellari taqdim etildi:
· Uch o‘qli shtorkali yarimtirkamasi – hajmi 92 m³, uzunligi 13,6 m
· To‘rt o‘qli shtorkali yarimtirkamasi – hajmi 110 m³, uzunligi 16,5 m
· To‘rt o‘qli High-Cube konteyner tashuvchi – har qanday turdagi konteynerlar uchun mo‘ljallangan.
Yangi yarimtirkamalar mijozlar bilan doimiy muloqot asosida yaratildi. Mijozlar tomonidan berilgan fikr-mulohazalar texnik takomillashuvga aylantirildi. Ko‘rgazmada namoyon etilgan asosiy texnik afzalliklar xalqaro mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi va O‘zbekiston texnikasining eksport salohiyatini yana bir bor tasdiqladi:
· Yengil konstruksiya – foydali yuk ko‘tarish qobiliyatining oshishi.
· Tsinklangan elementlar – korroziyaga qarshi ishonchli himoya va uzoq xizmat muddati.
· Yaxlit pol qoplamasi – har qanday turdagi yuk tashuvchi texnikalar bilan yuklash imkoniyati.
· Yevropa premium toifasidagi jihozlar – yuqori qoldiq qiymati va sifatga ishonch.
· MDH mamlakatlarida zavod kafolati (230 servis nuqtasi tarmog‘i) – to‘xtab qolish xavflarini minimallashtirish.
· Takomillashtirilgan tent ochilishi mexanizmi – qattiq sovuqda ham oson ekspluatatsiya qilish imkoniyati.
· Iqlim talablariga moslashtirilgan bo‘yoq – estetika va himoya birga yuradi.
Eksportga ishonchli yo‘l
VOLLKRAFT – bu shunchaki texnika emas. Bu ishonch, texnologiyalar va detallarga e’tibor uyg‘unligida namoyon bo‘ladigan tafakkur tarzi. Bu – har bir kilometr va har bir daqiqani hisoblaydigan biznes uchun yaratilgan texnika.
Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda, UzAuto Trailer o‘zining haqiqiy eksport salohiyatini namoyon etmoqda: ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlar uchun innovatsion yechimlar yaratish borasida tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.
Har bir VOLLKRAFT yarimtirkamasi – bu ishonch va sifat timsoli. Kompaniya bu sifatni 24 oylik rasmiy kafolat bilan tasdiqlashga tayyor.
O‘zbekistonda texnikani xarid qilish uchun kontaktlar:
📞 +998 71 202 88 66
📧 info@trailer.uz
Reklama huquqi asosida