Yangi hosildan bug‘doy xarid qilish choralari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2025 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.

Foto: Sputnik / Vitaliy Timkiv
2025 yil don hosilidan boshlab, davlat resurslari hisobidan xarid qilingan bug‘doy bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ har yili 1 iyunga qadar yanvar-aprel oylarida shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib, 3-sinf bug‘doy uchun o‘rtacha narxni o‘zining rasmiy saytida e’lon qilishi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga omborlardan don qabul qilish va berish jarayoni, shuningdek Jamg‘arma, tijorat vakillari va bug‘doy yetishtiruvchilar o‘rtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarning tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash uchun yaratilgan d-xarid.uz axborot tizimi orqali shartnoma asosida don xarid qilishga ruxsat berildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2025 yil hosilidan vaqtincha saqlash, davlat resursi va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qiladigan omborlar dislokatsiyasi;
- 2025 yil hosilidan davlat resursiga xarid qilinadigan bug‘doyning sinflar kesimidagi narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari;
- 2026 yil hosili uchun tayyorlanadigan urug‘lik bug‘doyni vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborxonalarda saqlash hajmlari.
Mavzuga oid

13:20 / 14.12.2024
Rossiya Suriyaga bug‘doy eksportini to‘xtatdi

17:26 / 27.11.2024
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi

11:30 / 12.10.2024
Rossiya bug‘doy eksporti uchun minimal narxni belgiladi

09:17 / 20.06.2024