Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda rossiyaliklarni aldash bilan shug‘ullangan koll-markaz yopildi
Hozir tergov va tezkor guruhlar ish olib bormoqda.

Foto: Yuliya Pyxalova
O‘zbekiston va Belarusda rossiyaliklarning pullarini firibgarlik yo‘li orqali o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan koll-markazlar faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Danil Filippov ma’lum qildi.
«Xorijiy hamkorlarimiz bilan Belarus va O‘zbekiston hududlarida koll-markazlar faoliyatini to‘xtatdik. Ular yopildi. Ular Rossiya fuqarolarini aldagan», dedi u boshqa tafsilotlarni keltirmasdan.
Filippovning aytishicha, hozir tergov va tezkor guruhlar birgalikda ish olib bormoqda.
U Rossiyada ham noqonuniy koll-markazlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Yakutiyadagi shunday markazlar faoliyati to‘xtatildi.
Qayd qilinishicha, 2024 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy jamoalar tarkibida sodir etilgan 10 mingdan ortiq masofaviy o‘g‘irliklar bo‘yicha jinoyat ishlari sudlarga yuborilgan.
Mavzuga oid

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025