O‘zbekiston | 21:08 / 11.06.2025
4359
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etib, investorlarni Qoraqalpog‘istonga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi va Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

«Qoraqalpog‘istonning ravnaqi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash hamda bu og‘ir, ammo nihoyatda go‘zal hududda yashayotgan har bir insonning turmush sifatini yaxshilash — mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri.

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada o‘tgan bir yil mobaynida ko‘plab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni ishga tushirganimiz va ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratganimizni ta’kidladim. «Boston Consulting Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqdik.

Qoraqalpog‘istonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi ish o‘rinlari yaratishi, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning kelajagini yanada yaxshilashi kerak. Investorlarni hududga tashrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga va keng imkoniyatlar ko‘lamini baholashga taklif qilaman!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid