Telegram FSB bilan aloqa haqidagi ayblovlarga javob qaytardi
Telegram Vedeneyevning «Globalnet» firmasi orqali kompaniya Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi haqidagi «Vajnyye istorii» nashri materialiga javob qaytardi.

Foto: Mixail Grebenshchikov / RBK
Telegram Messenger Inc. (Telegram messenjeri) vakillari uning «xizmat ko‘rsatuvchisi» «Telegram ma’lumotlari yoki maxfiy infratuzilmasiga kirish» imkoniga ega emasligini da’vo qilmoqda. Bu haqda 10 iyun, seshanba kuni kompaniya bayonotiga tayanib, BBC xabar berdi.
Izoh «Vajnyye istorii» nashri tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv e’lon qilingandan so‘ng paydo bo‘ldi, unda messenjer trafigi biznesmen Vladimir Vedeneyevning Global Network Management (GNM Inc., "Globalnet") kompaniyasining IP-manzillari orqali o‘tishi, u go‘yoki Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Federal qo‘riqlash xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi foydasiga ishlaydigan yopiq tahliliy markazga xizmat ko‘rsatishi aytiladi.
«Barcha Telegram serverlari Telegramʼga tegishli bo‘lib, ularga Telegram xodimlari xizmat ko‘rsatadi», — deya ma’lum qildi materialdan so‘ng Pavel Durov kompaniyasi va ular «dunyo bo‘ylab o‘nlab turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan shartnomalar tuzganini» qo‘shimcha qildi.
Korporatsiya vakillari, shuningdek, ular hech qachon «uchinchi shaxslarga shaxsiy xabarlarni» oshkor qilmaganini va uning «shifrlanishi hech qachon hakerlik hujumiga uchramagani»ni da’vo qilmoqda.
Mavzuga oid

17:30 / 04.06.2025
Rasmlarni HD formatda yuborish, audio xabarlarni kesish va kanallar bilan muloqot – Telegram’da yangilanishlar

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:29 / 23.05.2025