Jahon | 21:33 / 12.06.2025
7096
1 daqiqa o‘qiladi

Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi

Ushbu fotosuratlar va videolar Quyoshning tashqi qatlamlarida materiya harakati haqida ko‘proq ma’lumot beradi.

Yevropa kosmik agentligining Solar Orbiter kosmik apparati Quyoshning janubiy qutbini tarixda ilk marotaba suratga oldi. Bu haqda ESA saytida xabar berildi.

Ushbu fotosuratlar va videolar Quyoshning tashqi qatlamlarida materiya harakati haqida ko‘proq ma’lumot beradi, bu esa turli hodisalarni bashorat qilishga yordam berishi mumkin.

«Yer va boshqa sayyoralar Quyosh ekvatori atrofida ekliptika deb ataladigan ko‘rinmas tekislikda aylanayotgan bir paytda, Solar Orbiter so‘nggi bir necha oy davomida o‘z orbitasini quyosh ekvatoridan 17 daraja pastga egib, birinchi marta yulduzimizning sirli janubiy qutbi tasvirlarini oldi», deyiladi maqolada.

Quyosh qutbining yangi suratlari Solar Orbiter apparatining 10 ta bort asbobidan uchtasi yordamida suratga olindi.

Mavzuga oid