O‘zbekiston | 17:00 / 12.06.2025
2080
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokka sayohatni rejalashtiring

Aviakompaniya sizga Janubi-Sharqiy Osiyoning ikki yorqin shahriga sayohat qilishni taklif etadi. U yerda sizni unutilmas taassurotlar, gastronomik kashfiyotlar va tropik tabiat kutmoqda.

Foto: Uzbekistan Airways

Kuala-Lumpur – haqiqiy shoping poytaxti, bu yerda har kim o‘z didi va budjetiga mos keladigan narsani topadi. Rivojlangan infratuzilma poytaxtda dam olish qulay bo‘lishini ta’minlaydi. Yana qayerda bir kunda changalzorda sayr qilish, Petronas minoralariga ko‘tarilish va haqiqiy durianni tatib ko‘rish mumkin?

Toshkentdan Kuala-Lumpurga parvozlar haftasiga ikki marta: chorshanba va yakshanba kunlari, ortga aviaqatnovlar ertasi kuni bajariladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 4 246 000 so‘mdan, ikki tomonga esa 7 552 000 so‘mdan boshlanadi.

2026 yil 26 martgacha ushbu yo‘nalishda maxsus taklif amal qiladi: ekonom-klassda bagaj tashishning oshirilgan me’yori – standart 23 kg o‘rniga 30 kggacha.

• Toshkentdan jo‘nab ketish 23:40, Kuala-Lumpurga yetib borish 10:10; • Kuala-Lumpurdan jo‘nab ketish 11:40, Toshkentga yetib kelish 16:40. • Mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Bangkok sayyohlarni shovqinli ko‘cha bozorlari, ulug‘vor ibodatxonalar, to‘yingan tungi hayot va ajoyib taomlar bilan o‘ziga jalb qiladi. Shahar hatto eng injiq mehmonlarning ham hafsalasini pir qilmaydi!

Toshkentdan Bangkokka parvozlar haftasiga uch marta: dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 3 697 000 so‘mdan, ikki tomonga esa 6 892 000 so‘mdan boshlanadi.

• Toshkentdan jo‘nab ketish 22:30, Bangkokka yetib borish 06:40; • Bangkokdan jo‘nab ketish soat 08:10, Toshkentga yetib kelish soat 13:10. • Mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.

Uzbekistan Airways bilan Janubi-Sharqiy Osiyoni kashf eting! Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid